Davra suhbati
📚 8-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman 1-umumta’lim maktabi hamkorligida "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida “Kitob — bilim manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Suhbat davomida kitob o‘qishning inson tafakkuri va ma’naviy dunyosini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. O‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar, sevimli adiblari va kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
💬 Shuningdek, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga qiziqtirish, mutolaa uchun vaqt ajratish va bo‘sh vaqtni foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir davomida faol kitobxonlar o‘rtasida samimiy suhbat va qiziqarli fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
