Davra suhbati
📱 Forish tuman Qo‘riqlash xizmati xodimlari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida kutubxona xodimlariga bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan turli xil viruslar, shubhali fayllar va zararli havolalardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔐 Shuningdek, IIB vazirligi Kiberxavfsizlik bo‘limlari tomonidan ishlab chiqilgan, foydalanuvchilarni turli kiberxavflardan himoya qilishga xizmat qiluvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur dasturlarning imkoniyatlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.
📲 Tadbir davomida Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan kutubxona xodimlarining mobil telefonlariga tegishli himoya dasturlari o‘rnatib berildi hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, noma’lum manbalardan yuborilgan fayl va havolalarni ochmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
