Davra suhbati
✅15-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi” davlat muassasasi xodimlari o‘rtasida “Bir kitob — bir olam” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, kitobning dunyoqarashni kengaytirish hamda ma’naviy kamolotga erishishdagi beqiyos roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kitob o‘qish orqali inson o‘z bilimini boyitishi, fikrlash doirasini kengaytirishi va hayotiy tajribasini oshirishi ta’kidlandi.
