Davra suhbati
📚 Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” hamda 15-oktabr Qishloq ayollari kuni munosabati bilan 15-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi, tomonidan Forish tuman “Bog‘don MFY” xotin-qizlari va kitobxonlari ishtirokida “Ma’naviyatli onalar-jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini oilada shakllantirish, farzandlar tarbiyasida onalarning o‘rni, kitob mutolaasining inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, qishloq ayollarining fidokorona mehnati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Suhbat davomida kitobning inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy olamini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni ta’kidlandi.
