Davra suhbati
📚 19-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek xalq ertaklari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida bolajonlarga o‘zbek xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, ularning tarbiyaviy o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ertaklar orqali bolalarda ezgulik, halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, do‘stlik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
