Davra suhbati
📚 21-oktabr kuni Forish tumanidagi 55-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌 Tashrif davomida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim!” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilimizning tarixi, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilarga o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va betakrorligi, tilimizni asrab-avaylash, uni hurmat qilish hamda to‘g‘ri va ravon so‘zlash haqida tushuntirildi.
🗣 Davra suhbati davomida bolajonlar ona tiliga bag‘ishlangan she’rlarni aytib, o‘z bilim va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
