Davra suhbati
📚 30-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida faol kitobxon o‘quvchilar ishtirokida “Kitob bilan do‘st bo‘l — bilim sari yo‘l ol!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarni muntazam kitob o‘qishga jalb etish masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
