Davra suhbati
📚 2-noyabr kuni 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab “Tarixda qolgan buyuk siymo” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilarga Sharof Rashidovning hayoti, ijodiy faoliyati, adabiyot va davlat boshqaruvi sohasidagi xizmatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uning boy adabiy merosi, xalqimiz tarixida tutgan o‘rni hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
💻 Shuningdek, tadbir doirasida Sharof Rashidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan virtual ko‘rgazma namoyish etilib, undagi elektron materiallar orqali yozuvchining hayot yo‘li, asarlari va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim qilindi. Mavzuga oid videorolik namoyishi esa ishtirokchilarning buyuk siymo haqidagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.
