Davra suhbati
📚 4-noyabr kuni 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab “Sharof Rashidov – adabiyot va tarix sahifalarida” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilarga Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, davlat arbobi sifatidagi xizmatlari, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda boy ijodiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yozuvchining asarlari, ularda aks etgan insoniy fazilatlar, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ezgulik g‘oyalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📚 Shuningdek, tadbir doirasida Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga oid kitoblardan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘quvchilar yozuvchining asarlari bilan yaqindan tanishish, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
