Davra suhbati
📚 6-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi kurash – barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, uning inson hayoti va jamiyatga salbiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📌Suhbat jarayonida zo‘ravonlikning oldini olish, inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish, har bir insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida tushunchalar berildi.
