Davra suhbati
📚 11-noyabr kuni Foriş tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvçilarga xizmat körsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida Kitobxonlar klubi a’zolari örtasida “Köhnа Jizzax navolari” kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida iştirokçilarga mazkur kitobning mazmun-mohiyati, unda aks etgan Jizzax vohasining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, betakror tabiati hamda xalqimizning ma’naviy merosi haqida atrofliça ma’lumotlar berildi.
📌Suhbat jarayonida kitobxonlar asarda yoritilgan mavzular yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
