Davra suhbati
📚 Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 17-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi, 1-son umumta’lim maktabi MIBDO' D.Safarova, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi B.Bo'ltakova hamda O‘zbekiston MFY xotin-qizlar faoli L.Shavqievalar hamkorligida Bog‘don MFY ayollari va maktab o‘quvchi qizlari ishtirokida “Qizlar tarbiyasi – millat tarbiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida qizlar tarbiyasida oilaning, ayniqsa, onalarning o‘rni va mas’uliyati, yosh avlodni milliy qadriyatlar, odob-axloq, mehr-oqibat va hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qizlarning bilimli, ma’rifatli, mustaqil fikrlaydigan, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya oladigan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishida kitobxonlikning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
