Davra suhbati
📚 23-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-son bolalar bog'chasi xodimlari ishtirokida Pedagogika ensiklopediyasi kitobi yuzasidan “Pedagogik bilimlar – barkamol avlod tarbiyasining muhim omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida “Pedagogika ensiklopediyasi” kitobining mazmun-mohiyati, unda yoritilgan pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya sohasiga oid qimmatli ma’lumotlar hamda pedagogikaning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, kitobda aks etgan mavzular yuzasidan samimiy suhbat olib borilib, bolalar tarbiyasida mehr, e’tibor, odob-axloq va ezgu qadriyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar mazkur nashrning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
