Davra suhbati
✅ Bugun, 24-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 1-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning nabirasi timsolida barcha O‘zbekiston farzandlariga yo‘llagan maktubi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbati davomida maktubda aks etgan ezgu fikrlar, milliy qadriyatlar, odob-axloq, ilm-ma’rifat, kitobxonlik va yosh avlod tarbiyasiga oid muhim masalalar haqida suhbat olib borildi.
📌 Shuningdek, maktubda ilgari surilgan hayotiy saboqlar, ota-ona va ustozlarni hurmat qilish, mehr-oqibatli, vatanparvar, halol va odobli inson bo‘lib voyaga yetishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
📌 Tadbir davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Ularni kitob o‘qishga, bilim olishga, yaxshi xulq-atvor va ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etishga undovchi fikrlar bilan o‘rtoqlashildi.
