Davra suhbati
📚 24-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan kitobxonlar klubi ishtirokida “She’riyatga oshno qalblar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilar she’riyatning inson ma’naviy olamini boyitishdagi o‘rni, she’r va adabiyotning qalb kechinmalarini ifodalashdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. O‘zbek va jahon adabiyotining taniqli shoirlari ijodiga murojaat qilinib, ularning hayoti va ijodiy merosi yuzasidan suhbat olib borildi.
