Davra suhbati
📚 26-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxon ishtirokida “Yangi O'zbekiston Yagona ma'naviy makon” kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbati davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar hamda yoshlar tarbiyasida ma’naviyat va kitobxonlikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, asarda aks etgan muhim qarashlar yuzasidan o‘zaro suhbat olib borildi.
📖 Tadbir yakunida bunday kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy bilimlarini boyitish va jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarni chuqurroq anglashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
