Davra suhbati
🩺 26-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda Forish tuman Kelajak markazi xodimlari o‘rtasida OITSga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbirda Forish tuman tibbiyot birlashmasidan tashrif buyurgan shifokor ishtirokchilarga OITS va OIV infeksiyasi, uning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari hamda kasallikning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
📌Davra suhbati davomida OIV infeksiyasi bilan bog‘liq muhim tushunchalar, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, shaxsiy gigiyena va tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kasallikning oldini olishda aholining tibbiy savodxonligini oshirish, noto‘g‘ri tushuncha va qarashlarga barham berish muhimligi ta’kidlandi.
