"Davra suhbati"
17-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan hunarmand yosh tadbirkor ayol Laylo Ilhomova bilan har oyning 17 -sanasida o'tkazilib kelayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan "Hunarli inson hor bo'lmas" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbat davomida yosh hunarmad, tadbirkor Laylo Ilhomova hunarlari ortidan o'zining erishgan yutuqlari haqida yoshlarga gapirib berdi. Bundan tashqari o'zining shaxsiy kutubxonasi haqida ham ma'lumot berib o'tdi.