"Davra suhbati"
14-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat tomonidan 1-umumta'lim maktabining faol kitobxonlari o'rtasida Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150-yilligi munosabati bilan "Behbudiy va o'zbek dramaturgiyasi" nomli davra suhbati tashkil qilindi.