"Davra suhbati
12-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan 1-umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida "Kitob insonga beminnat do'st" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Kitob – inson hayotida eng sadoqatli, beminnat va foydali do‘stlardan biridir. U doim yangi bilim, saboq, ibrat baxsh etadi. Kitob orqali biz dunyoqarashimizni kengaytiramiz, ajdodlarimizning donishmandligini o‘rganamiz, orzu-umidlarimizga yetaklaydigan yo‘l topamiz.