"Davra suhbati
13-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida "Yangi O'zbekistonda ibratli oila" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Yangi O‘zbekistonda ibratli oila – bu mustahkam jamiyatning poydevori. Har bir fuqaroning ma'naviyati va odobi eng avvalo oilada shakllanadi. Shu bois, har bir oila tarbiyada, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda o‘rnak bo‘lishi zarur.