"Davra suhbati
Har oyning 17-sanasida o‘tkazib kelinayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan Forish tuman axborot-kutubxona markazi, Barkamol avlod bolalar maktabi hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida "Butunjahon oila kuni"ga bag‘ishlab, "Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – jamiyatni o‘qitgandek bo‘lasiz" mavzusida "Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, kitobxon onalar, kutubxona xodimlari va Barkamol avlod bolalar maktabining mutaxassislari faol ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod, ayniqsa, qiz bolalar qalbida ilmga, kitobga, o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishni oshirish, onalar orqali oila muhitida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.