"Davra suhbati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 20-may kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi bilan birgalikda, o‘quvchilar o‘rtasida 31-may Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Biz tamaki chekishga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tamaki chekish — inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi va jamiyatda ko‘plab sog‘liq muammolariga sabab bo‘ladigan odatdir. Biz tamaki chekishga qarshimiz, chunki bu odatning zararli ta’siri insonning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.