Davra suhbati
✅ 27-iyun kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida "Jilg'acha" bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbek xalq maqollari yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida qatnashgan yoshlar maqollar mazmunini tahlil qilib, ularning hozirgi zamonda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidlashdi.
✅ Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodining chuqur ma’nosini anglashga undash va ularni hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashga yo‘naltirishdan iborat.