Davra suhbati
30-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan Barkamol avlod bolalar maktabining namunaviy ko'chma kutubxona a'zolari o'rtasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda ishtirokchilar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va zamonaviy bilimlar borasida fikr almashdilar.