Davra suhbati
✅ 1-iyul kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi "Jilg‘acha" bolalar oromgohiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida turli savol-javoblar o‘tkazildi.
✅Shuningdek, oromgohdagi qizlar o‘rtasida "Oromgoh malikasi" nomli ko‘rik-tanlov ham tashkil etildi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi 3 shart asosida bellashdilar:
🟢Kim bilimdon,
🔷Kim chaqqon,
♦️Kim oshpaz.
Har bir shartda qizlar o‘z iste’dodlari va bilimlarini namoyish etib, faol ishtirok etdilar.
🎯 Tadbir maqsadi:
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish hamda erkin fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.