Davra suhbati
21-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida yurtimizda 15-iyuldan - 15-avgustgacha e'lon qilingan "Xavfsiz va sogʻlom yurt" oyligi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Forish tuman Axborot kutubxona markaziga tuman Favqulotda vaziyatlar bo'limi xodimlari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida TAKMga sayohat hamda "Sog‘lom yurtda sog‘lom avlod kamol topadi" nomli davra suhbati tashkil etildi.