Davra suhbati
❇️O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Forish tuman axborot kutubxona markazi tomonidan 26-avgust kuni faol kitobxonlar o‘rtasida “Mustaqillik – Eng buyuk ne’mat” nomli davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar Vatan mustaqilligi, uning bebaho qadriyati hamda kitobxonlik madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Suhbat samimiy va mazmunli o‘tdi. ✨