Davra suhbati
Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2–12-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida, 5-sentabr kuni faol kitobxonlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
✨ Tadbir mashhur yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi 🖊 Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarining yaratilganiga 45 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi.
👥 Davra suhbatida kitobxonlar yozuvchining hayoti va ijodi haqida fikr almashdilar, asarda tasvirlangan insoniylik, mehr-oqibat va hayotiy haqiqatlar haqida suhbatlashdilar.
🌟 Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish 📖, ularga milliy adabiyotimizni chuqurroq tanishtirish hamda Tog‘ay Murod ijodidan o‘rnak olishga undashdan iborat bo‘ldi.