Davra suhbati
Forish tuman axborot-kutubxona markazida 15-sentabr kuni "Kitobxonlar klubi" a’zolari ishtirokida shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlab tashkil etilgan ''Muhabbat va Vatan kuychisi" nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh kitobxonlarni shoirning boy adabiy merosi, va xalqona she’rlari bilan tanishtirish, ularning ma’naviy olamini yanada boyitishdan iborat bo‘ldi.