Davra suhbati
✅✅Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan, 17-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi “Xon-atlas” haftaligi doirasida mahallaning faol ayollari o'rtasida "Kitobxon ona — ma’rifat chirog‘i" nomli davra suhbati tashkil etildi. 📌Tadbir davomida kitobxon onalarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishi, kitob o‘qish orqali oilada ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng yoyishda onalarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlab o‘tildi. 📚 Kitob — inson tafakkurining qanoti, ona qo‘lida esa tarbiya chirog‘idir. Har bir ona kitob o‘qisa, uning farzandi ham ilmga, ma’rifatga oshno bo‘ladi.
