Davra suhbati
📚 Forish tuman axborot-kutubxona markazida 18-sentabr kuni "Kitobxonlar klubi" a’zolari ishtirokida 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Tinchlikni asraylik" mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida ishtirokchilar tinchlikning inson hayotidagi o‘rni, jamiyat taraqqiyotida tinchlik va totuvlikning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. “Shuningdek, o‘quvchilarga dunyoda tinchlikni saqlash, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash borasida foydali ma’lumotlar berildi.