Eng_faol_kitobxon_oila
📚Forish tuman xalq ta’limi bo‘limi, 29-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Eng faol kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi.
📌Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, yangi adabiyotlar bilan tanishish imkonini yaratdi. Tanlovning asosiy maqsadi oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ota-onalar va farzandlar o‘rtasida kitobxonlik an’analarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
❇️Tanlov davomida ishtirokchi oilalar turli shartlar asosida bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Badiiy asarlar yuzasidan savol-javoblar, tezkor fikrlash, kitobxonlikka oid bellashuvlar hamda oilaviy mutolaa chiqishlari tashkil etildi. Yakunda faol ishtirok etgan oilalar taqdirlanib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
