“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi
📚 “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi
Joriy yilning 2-may kuni Forish tumani 12-umumta’lim maktabida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” nomli tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovda 5–9-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim va kitobxonlik salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 8-“A” sinf o‘quvchisi Kazakova Sevinch
🥈 2-o‘rin — 8-“A” sinf o‘quvchisi Amirova Kumush
🥉 3-o‘rin — 8-“B” sinf o‘quvchisi To‘lqinova Zaynabbegim
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobsevarlik madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Maqsadimiz bitta — yoshlarimizni kitobsevar millat qilib tarbiyalash!
