FARZANDINGMIZ FORISH
Forish tuman Axborot kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida Muqaddas Saloxiddin qizining "Farzandingmiz Forish" kitobi yuzasidan davra suhbat tashkil qilindi. Ushbu risola muallifning "xalq ichiga quchoq ochib" kirib borganligi mevasidir.Jurnalist o'rnini odamlar orasida deb bilgani bois, qiziqarli va ibratli xayot yolini bosib o'tgan qahramonlari bilan xamsuxbat bo'ldi va ular xaqida qator ocherklarni yozdi. Forish tumanida umrini yaxshilikka, ezgulikka bag'ishlangan, hayot manosini yetuklikka intilishda deb bilgan ko'plab odamlarni kashf etdi. Hayot tubsiz va cheksiz doshqozondek, uning o'zidan olib ,o'ziga bermoq eng maquldek tuyildi. Va shu to'plam dunyoga keldi.