Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 33-umumta'lim maktab kutubxonachisi bilan birgalikda kitobxonlar o'rtasida davra suhbati tashkil qilinidi.
Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 33-umumta'lim maktab kutubxonachisi bilan birgalikda yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishini oshirib, yozgi ta'tilni unumlimli, maroqli, mazmunli o'tkazish maqsadida kitobxonlar o'rtasida O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80-yilligiga atab davra suhbati tashkil qilinidi. Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Davlat universitetida tahsil oladi. 1969-2002 yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, so‘ngra «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir, «Cho‘lpon» nashriyotida direktor bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda «Gulxan» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlamoqda. Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet el adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni ona tiliga mahorat bilan ag‘dargan. Xususan, uning A.Shiller, Sh.Bodler kabi jahon klassiklari ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiq. O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjon adabiyotimiz rivoji yo'lidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Omon Matjon hayoti juda sermahzun bo'lgan.