Forish tuman axborot-kutubxona markazi kitobxon klub a'zolari bilan birgalikda Rashidova Sayyora Sharafovna tavalludining 80-yilligi munosabati bilan "Kimyo olamining fidokori" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Forish tuman axborot-kutubxona markazi kitobxon klub a'zolari bilan birgalikda Rashidova Sayyora Sharafovna tavalludining 80-yilligi munosabati bilan "Kimyo olamining fidokori" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Rashidova Sayyora Sharafovna - yirik olima, kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy - tadqiqot markazi direktori - yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, metallonolimer tizimlari, biologik faol polimerlar, nanokimyo va nanofizika sohalaridagi tadqiqotlari bilan keng ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan.
Rashidova Sayyora Sharafovna 1000 dan ortiq ilmiy nashrlar, 7 ta monografiya va darsliklar, 50 ta ixtiro va patentlar muallifidir. Olimaning qator ilmiy tadqiqotlari natijasi jahon ma’lumotlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lib, Respublika va chet el nashrlarida ko‘plab havolalar keltiriladi. Uning fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega 20 dan ortiq shogirdlari O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy, o‘quv va sanoat markazlarida samarali faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Akademik Sayyora Sharofovna tomonidan o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarining polimer preparativ shakllarini sintez qilish va uruglik chigitlarga polimerlarping biologik ta’sir mexanizmlarini o‘rganish hamda ushbu o‘zaro ta’sirni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalish yaratildi. 1998 yilda intellektual mulk bo‘yicha Jenevada bo‘lib o‘tgan XXVI Xalqaro ko‘rgazmada “Urug‘larning kapsulalash texnologiyasi” nomli ilmiy ishlanmasi bronza medaliga sazovor bo‘lgan