Giyohvandlik jamiyat taraqqiyotiga tahdid
❇️ Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan #STOPNARKO chellenji tashkil etildi.
✅Mazkur chellenjdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kitobxonlikka, bilim olishga va foydali mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat.
