#INFOLIB_OʻZBEKISTON_2025
✅ “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 13-noyabr kuni "Kitobxonlar klubi" a'zolari o'rtasida "Yoshlarning ma'naviy kamolotida kutubxonaning o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbirda o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy boylik va bilim olishda kutubxonaning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, sevimli asarlari va mualliflari haqida suhbatlashdilar.
