INFOLIB_OʻZBEKISTON_2025
✅ “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida “Ona yurtim — faxrim” nomli sherxonlik kechasi tashkil etildi. Kechada ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan Vatan, ona yurt, istiqlol va xalqparvarlik ruhidagi she’rlarni yoddan ifodali tarzda aytib berdilar.
