#INFOLIB_OʻZBEKISTON_2025
✅ “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 12-noyabr kuni 2-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Bolalar uchun mantiq” o‘yini tashkil etildi.
📌 Tadbirning maqsadi — kichik yoshdagi bolalarda fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, topqirlik va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida bolajonlar yoshga mos topishmoqlar, turli rang va shakllarni moslashtirish kabi o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.
