ISTIQLOL QAHRAMONLARI.
Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-umumta'lim maktabning faol kitobxonlari o'rtasida Abdurauf Fitratning tanlangan asarlari yuzasidan "ISTIQLOL QAHRAMONLARI" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Suhbatda TAKM xodimi M.Ayasova qatnashchilarga Fitrat haqida qisqacha gapirib o'tdi. Abdurauf Fitrat koʻpqirrali va sermahsul ijodkordir. Bu – uning oz va soz lirikasi, koʻpqirrali dramaturgiyasi, jangovar publitsistikasi va katta hajmdagi chuqur ilmiy tadqiqotlaridir. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati xalqni jaholat, turgʻunlik, gʻaflatdan uygʻotish, ilm-maʼrifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda milliy mustaqillikka chorlashga qaratilgan edi. U oʻzbekning oʻzligini tanishi, ota-bobolari kabi ulugʻvor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilgʻor madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining mohiyati xalqning qalb qoʻzini ochishga va mehnat, yaratish, oʻqish, unish, kurashga daʼvatdan iboratligini aytib o'tdi.