Jadidlar izidan
✅ Forish tumanidagi umumta’lim maktablarida “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tanlov doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi ham hamkorlik qilib, o‘quvchilarning jadid bobolarimiz hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish maqsadida mavzuga oid kitob ko‘rgazmalarini tashkil etmoqda.
📖 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida milliy tariximiz va ma’naviy merosimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, jadid bobolarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, shuningdek, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo'ldi.
