Kitiobxonlar Tanlov
✅25-mart kuni Forish tuman 1-umumta'lim maktabi hamda tuman axborot-kutubxona markazi hamkorlikda yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish hamda yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishini yuksaltirish maqsadida boshlang'ich sinflar o'rtasida "Yosh kitobxonlar" tanlovi o'tkazildi.
📚Tanlov davomida o‘quvchilarning kitob o‘qish darajasi, matnni tushunishi, ifodali o‘qish mahorati hamda savollarga tezkor va aniq javob berish qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etib, faol qatnashdilar.
📌Tadbir yakunida eng faol va bilimdon o‘quvchilar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
