Kitob – bilim manbai
✅Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir "Koinot" bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda o'tkazildi, unga “Kitob – bilim manbai” mavzusi asos qilib olindi.
✅Davra suhbatida kitob o‘qishning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, bilim va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Bolalarga yangi badiiy, ertak kitoblar tanishtirilib, ularni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida savol-javoblar va qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.