Kitob ma'naviy_ozuqa
Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 28-avgust kuni Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kitob — ma’naviy ozuqa” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o'zlari o'qigan kitoblari haqida sugbatlashdilar.