Kitob savdo yarmarkasi
📖 2-aprel — Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Forish tumanidagi 33-umumta’lim maktabi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitob savdo yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbir yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.
📚 Yarmarka davomida o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan turli badiiy adabiyotlar xarid qilinib, maktab kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Shuningdek, savdo yarmarkasi doirasida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga turli janrdagi adabiyotlar namoyish qilindi.
🎁 Shuningdek, tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 8 nomdagi kitob xarid qilinib, maktab kutubxonasiga hadya qilindi.
🌟 Mazkur tadbir kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish va ularni ilm-fan sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
