Kitob sharhi
📚 5-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan Kelajak markaziinig to'garak ishtirokchilari o'rtasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan O‘tkir Hoshimovning "Xayollarga bo'laman tutqun" kitobi yuzasidan bibliografik sharh o‘tkazildi.
📌Kitob sharhi davomida ishtirokchilarga O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni hamda mazkur asarning yaratilish tarixi va mazmuni haqida batafsil ma'lumot berildi. Kitobda aks etgan insoniy fazilatlar, hayotiy xotiralar, ezgulik va Vatanga muhabbat kabi g‘oyalar tahlil qilinib, asarning kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin egallashiga sabab bo‘lgan jihatlar yoritildi.
