Kitob sharhi
Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi. Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. “Besh bolali yigitcha” asari ibratli va qiziqarli asarlardan biridir. Asarda asosiy voqealar yetim qolgan yosh bola — Rustam atrofida kechadi. Rustam og‘ir hayot sharoitida ham umidsizlikka tushmaydi, o‘z ukalari va singillarini mehr bilan parvarish qiladi. U mas’uliyatli, jasur, halol va mehnatkash bola sifatida gavdalanadi. Asarda bolalarning mehr-oqibati, oila qadri, sabr-toqat va insoniylik kabi yuksak fazilatlar targ‘ib qilinadi.