Kitob sharhi
✅8-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Buyuk sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan "Temur tuzuklari - adolat mezoni" nomli kitob sharhi o'tkazildi.
📖 Tadbir davomida kitobxonlarga “Temur tuzuklari” asarining mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati hamda unda ilgari surilgan davlat boshqaruvi, adolat, harbiy intizom, xalqparvarlik va yuksak ma’naviy fazilatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
